Azon Vaqfidan bayram tabrigi

icon
Azon Vaqfidan bayram tabrigi
Azon Vaqfidan bayram tabrigi

Ramazon Hayitingiz Muborak Bo‘lsin!

Azon Vaqfi nomidan barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimizdan Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklaymiz! Alloh taolo Ramazon oyida qilgan barcha ibodat, duo va ezgu amallarimizni o‘z dargohida qabul etsin!

Hayit – bu yuraklar yumshaydigan, birodarlik rishtalari mustahkamlanadigan, rahm-shafqat va saxovat to'lib-toshadigan muborak kundir. Ushbu bayram barchangizga qutluq rizq, ofiyat va fayz-u baraka olib kelsin!

Ilm va hikmat nuri sizni hech qachon tark etmasin. Har bir kuningiz ilm bilan, ma’rifat bilan va yaxshiliklar bilan to'lsin!

Hurmat bilan,
Azon Vaqfi Jamoasi