Blog Detayları

"Mezana"dan katta yangilik!

Istanbuldagi Mezana xalqaro ilmlar akademiyasi siz azizlarga kutilgan va kutilmagan yangiliklar taqdim qilishda davom etadi! Barcha kuzatuvchilarimizga mamnuniyat ila akademiyamizda o'g'il bolalar uchun ikki yilga mo'ljallangan "Mezana madrasasi" ochilayotganini ma'lum qilamiz. 


Sizning yoki farzandingizning diniy ilmlarga ixlosi baland, o'rganishni istaydi-ku ammo bu borada ishonchli ilm dargoh tanlashda qiyinchiliklarga uchrayapsizmi? Hechqisi yo'q, biz sizga yangi tashkil etilgan "Mezana madrasasi" orqali sizga va farzandingizdagi bo'shliqni to'ldirishga yaqindan ko'mak beramiz.

Bundan tashqari, ko'pchilik hamyurtlarimiz "Mezana" akademiyasining asosiy 5 yillik "Shariat qismi"ga o'qishga kirish uhun yetarli bilim yetmaganligini va bu borada "Tayyorlov kurslari" tashkil qilinishini so'ragan talabalarimiz uchun ayni muddao."Mezana madrasasi"da diniy bilimlar "0" dan boshlab o'rgatiladi. "Mezana madrasasi"ni muvaffaqiyatli bitirgan talabalarga akademiya tomonidan maxsus sertifikat topshiriladi.

"Mezana madrasasi"da quyidagi ilmlarni o'rganishadi:
- Arab tili (Sarf, nahv muhovara)
- Qur’oni Karim (o'qitish va yodlash)
- Fiqh
- Aqida
- Siyrat
- Tafsir 

Bu hali hammasi emas! Madrasani a’lo bahoga bitirgan talabalar Akademiyaning 5 yillik "Shariat qismi"ga imtihonsiz qabul qilinadi va ular darslarni arab tilida BEPUL davom ettirish salohiyatiga ega boʻlishadi.

"Mezana madrasasi" da o'qish uchun qanday hujjatlar kerakligi, o'tishi, hujjat topshirish ketma-ketligi muddatlari haqida quyidagi havola ustiga bosing 


 Esatib oʻtamiz, o'g'il bolalar uchun ikki yilga mo'ljallangan "Mezana madrasasi" 2023-2024-oʻquv yilining birinchi kursiga qabul joriy yilning 7-iyulidan 25-avgustiga qadar davom etadi. 
Bizni kuzatishda davom eting, tez kunlarda sizlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali madrasamizga qabul jarayonlari boʻyicha qoʻshimcha ma’lumotlar bilan xabardor qilib boramiz.

Kanalga ulanish: @mezanauz_academy

Share:

Çocuklara özen gösteriyoruz, refahlarını koruyoruz ve onları geleceğe hazırlıyoruz.