Azon Vaqfi 2023-yilda Istanbul shahrida, o‘zbek olimi ustoz Mubashshir Ahmad yetakchiligida, Turkiston mintaqasidagi qardosh jamiyatlarning moddiy va ma’naviy taraqqiyotiga asl qadriyatlar asosida hissa qo‘shish maqsadida tashkil etildi.
Vaqfimiz “Azon Vaqfi” nomini uzoq yillar davomida O‘zbekistonda asoschilari tomonidan yuritilgan ta’lim, nashriyot va media sohalarini qamrab olgan “Azon New Media” tashkilotidan olgan.
Tashkil topganidan buyon vaqfimiz Turkiya'da istiqomat qiluvchi vatandoshlarga, Markaziy Osiyodan kelgan hamda boshqa millatlarga mansub insonlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish, ta’lim grantlari (stipendiyalar) taqdim etish, shuningdek ularning turk jamiyatining an’ana va qadriyatlariga mos ijtimoiy muhitda ega bo'la olishiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelmoqda.
Yangi avlod uchun ta’lim markazlarini tashkil etish, turar joy ehtiyojlarini qondiradigan talabalar yotoqxonalarini barpo etish hamda ularning akademik karyeraga erishishlari uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy, ilmiy va intellektual imkoniyatlar bilan ta'minlash vaqfimizning ustuvor maqsadlaridan sanaladi. Bundan tashqari, vaqfimiz muhtoj vatandoshlarga (ular xoh doimiy istiqomat qiluvchilar bo‘lsin, xoh musofirlar bo'lsin) ijtimoiy yordam ko‘rsatishni, ular uchun shifoxona, bolalar bog‘chasi, madaniyat markazlari kabi ijtimoiy-xizmat maskanlarini tashkil etishni ham eng muhim vazifalaridan deb biladi.
Hozirgi kunda esa vaqfimiz o‘z markaziy binosida talabalar uchun mustaqil tayyorgarlik (darsxona) maydonlarini taqdim etish, qisqa muddatli turar joy ehtiyojlarini qondirish, universitetga tayyorgarlik uchun qo‘shimcha darslar va malakali ustozlar bilan ta’minlash, turli sohalarda tajribaga ega olimlar bilan konferensiya va suhbatlar tashkil etish hamda ularning turli kasbiy yo‘nalishlarida yo'l-yo'riq ko'rsatish va konsultantlik kabi xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.
