Istanbuldagi ilmiy muhitdan samarali foydalanish va shu yerda faoliyat yuritayotgan olimlar, ayniqsa, dunyoga mashhur bo’lgan ulamolarining bilim va tajribalaridan bahramand bo‘lish maqsadida biz 2021-yilda Mezana Xalqaro Shar’iy Ilmlar Akademiyasini ta’sis etdik.
Ushbu akademiyada besh yillik bakalavr va ikki yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki bosqichli ta’lim tizimi yo’lga qo’yilgan. Akademiyada ta’lim olishni istagan talabalar yetarli darajada arab tilini o‘qiy olishi va tushunishi, shuningdek, madrasa saviyasidagi diniy ilmga ega bo‘lishi talab etiladi.
Hozirda 120 dan ortiq talaba o‘z sohasida yetuk va xalqaro miqyosda e’tirofga ega ustozlardan ta’lim olmoqda.
Mezana Xalqaro Shar’iy Ilmlar Akademiyasi bitiruvchilari ta’lim so’nggida diplom hamda akademiya tarkibidagi fatvo va hadis bo‘limlarida magistratura bosqichida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
- Besh yillik oliy ta'lim akademiyasi
- 200 dan ortiq talaba tahsil oladi
- Xalqaro tajribaga asoslangan diniy ta’lim dasturi
- Arab tilida so'zlashuvchi o'qituvchilardan iborat ustozlar