Istanbuldagi ilmiy muhitdan samarali foydalanish va shu yerda faoliyat yuritayotgan olimlar, ayniqsa, dunyoga mashhur bo’lgan ulamolarining bilim va tajribalaridan bahramand bo‘lish maqsadida bizning yana bir maqsadimiz Xalqaro Islomiy Ilmlar Akademiyasini ta’sis etishdir.
Maqsaddagi faoliyatlardan biri bo'lmish akademiyada besh yillik bakalavr va ikki yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki bosqichli ta’lim tizimi yo’lga qo’yilishi ko'zda tutiladi. Ushbu akademiya yetarli darajada arab tilini o‘qiy oliadigan va tushunadigan, shuningdek, madrasa saviyasidagi diniy ilmga ega bo‘lgan talabalar uchun mo'ljallanadi.

Ushbu akademiyada yuzlab talaba o‘z sohasida yetuk va xalqaro miqyosda e’tirofga ega ustozlardan ta’lim olishini ta'minlash oldimizga qo'ygan birlamchi vazifalarimizdan biri sanaladi.
Xalqaro Islomiy Ilmlar Akademiyasi bitiruvchilari ta’lim so’nggida diplom hamda akademiya tarkibidagi fatvo va hadis bo‘limlarida magistratura bosqichida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
- Besh yillik oliy ta'lim akademiyasi
- Yuzlab talaba uchun tahsil imkoniyati
- Xalqaro tajribaga asoslangan diniy ta’lim dasturi
- Arab tilida so'zlashuvchi o'qituvchilardan iborat ustozlar





