icon

Bolalar va O'smirlar Uchun Qur'on Kursi

Bolalar va O'smirlar Uchun Qur'on Kursi
Bolalar va O'smirlar Uchun Qur'on Kursi

Jamiyatning ma’rifiy o’sishiga o’z hissalarini qo’shishni istab, farzandlarining jaholat tufayli aziyat chekishini istamagan ota-onalar farzandlarining mukammal inson bo‘lib ulg‘ayishini istaydilar. Chunki nafaqat ota-onaning huzuri, balki jamiyatning sog‘lomligi va insoniyatning kelajagi ham o‘sib kelayotgan bolalarimizning qanday tarbiya olayotganiga bog‘liq. Musulmonlar sifatida bolalarni yoshligidan axloqli, xushmuomala va chuqur fikrlovchi inson sifatida voyaga yetkazishning eng samarali yo‘llaridan biri, bu Qur’onni o‘rgatishdir.

 

Jamiyatimizdagi ushbu talabni qisman bo’lsa-da qarshilash maqsadida biz Azon Vaqfi o’laroq bolalar va kattalar uchun Qur’on kursini tashkil qildik. Hozirda ushbu muassasada 60 ga yaqin yosh Qur’on o‘rganmoqda. Shu orqali bolalarimizning tafakkur qobiliyatlari rivojlanib, nafaqat diniy ilmlarni, balki boshqa fanlarni ham osonroq o‘rgana olishlari uchun munosib zamin hozirlanmoqda.

 

Shuning sababli ham musulmonlar sifatida bolalarimizning muvaffaqiyati ularning Qur’ondan anglagani qadar ekanligiga ishonch hosil qilgan holda ularni Qur’on bilan oshno bo'lishlarini ta'minlash uchun harakatlarimiz davom etmoqda!

 

 

  • Usta qiroat egasi bo'lmish ustozlardan ta’lim olish
  • Talabalar bilan ayni tilda so‘zlashadigan ustozlarning yaqindan nazorati
  • Qur’on talabalarining samarali ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan turli faoliyatlar
quote
"Sizlarning eng yaxshilaringiz – Qur'onni o'rgangan va o'rgatganingizdir"

- Ibn Moja rivoyati