icon

Qanday hissa qo'sha olaman?

Qanday hissa qo'sha olaman?
Qanday hissa qo'sha olaman?

Azon Vaqfi jamoasi yillar davomida ham O‘zbekistonda, ham Turkiyada vaqf maqsadlariga muvofiq ravishda jamiyatga foydali loyihalarda o'z hissasini qo‘shish maqsadida ko‘ngillilik asosida ko‘plab faoliyatlarni amalga oshirib kelmoqda va amalga oshirishda davom etmoqda.

 

Azon Vaqfi, faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab bugungi kunga qadar nashriyot, onlayn televideniye va axborot, radio, turizm, ta’lim markazlari, kitob do‘konlari, bookcafe va shu kabi ko‘plab sohalarda xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shu bilan birga, shu va shunga o‘xshash faoliyatlarning ko‘pchiligini kengroq ko‘lamda davom ettirib, yana bir qancha yangi loyihalar va yangi xizmat sohalari ustida ish olib bormoqda.

 

Hozirda Azon Vaqfi tarkibida axborot, media efirlari, nashriyot, akademiya kabi tijoriy maqsadni ko‘zlamaydigan faoliyatlar mavjud bo‘lishi bilan birga, vaqfni xayriyalarga bog'lanib qolmasligini ta'minlashga qaratilgan tijoriy faoliyatlar ham shakllantirilmoqda.

 

Azon Vaqfi sifatida biz sizni tegishli bo'limlarimizga yo‘naltirish orqali jamiyat foydasiga xizmat qiladigan loyihalarning o‘sishi va rivojlanishiga xoh ma’naviy, xoh moddiy yordam bilan, xoh xizmat bilan hissa qo‘shishingizga imkon yaratamiz. Har bir insonning o‘z bilim, tajriba va imkoniyatlaridan kelib chiqib qo‘shadigan har bir hissasi katta ahamiyatga ega ekanligiga ishonamiz.

 

Ushbu doirada siz ham quyida keltirilgan va shunga o‘xshash yo‘llar bilan vaqfimizga ko‘mak bera olasiz:

 

– Har qanday ko‘char va ko‘chmas mulkdan iborat ehsonlaringiz bilan ko'mak berishingiz mumkin.

 

– Oziq-ovqat, kiyim-kechak va shunga o‘xshash ehtiyojlar borasida yordam berishingiz mumkin.

 

– Stipendiyalar ajratishi orqali ko'makchi bo'lishingiz mumkin.

 

– Uy jihozlari va anjomlari borasida ko'mak berishingiz mumkin.

 

– Boquvchisiz yetim bolalarga har tomonlama ko‘mak bo'lishingiz mumkin.

 

– Ta’lim olish istagidagi o‘quvchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilishi va ularning dars olishlari borasida yordamchi bo'la olasiz.

 

– Saytlarimizdagi texnik jihozlash va tarjima ishlariga o'z hissangizni qo‘sha olasiz.

 

– Turli tadbirlar uchun joy va imkoniyat yaratishda ko'makchi bo'la olasiz.

 

– Ramazon oyida iftorlik tadbirlarimizni tashkillashtirishda moddiy-ma'naviy hissangizni qo'sha olasiz.

 

– Qurbonlik tadbirlarimizda ishtirok etib, nazr, adoq kabi savobli ishlarni amalga oshirishingiz mumkin.

 

– Agar tajribangiz bo‘lsa, xabar tayyorlash, video montaj, grafik dizayn, ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish kabi sohalarda ko'mak berib, kontent ishlab chiqarishda hissa qo‘sha olasiz.

 

– O‘qituvchi, ekspert yoki maslahatchi sifatida bilim ulashishingiz; seminar va ta’lim dasturlarida ishtirok etishingiz mumkin.

 

– Tahrir, tarjima, kontent tayyorlash yoki kitob tavsiyasi va taqdimoti kabi ishlarda ishtirok etishingiz mumkin.

 

– Tadbirkorlik, menejment, savdo va marketing yoki moliyaviy sohalarda maslahat bera olishingiz yoki yangi loyihalarda sheriklik va investitsiya orqali hissa qo‘shishingiz mumkin.

 

– Dasturlash, ilova ishlab chiqish kabi texnik sohalarda bilimingiz va mehnatingiz bilan loyihalarimizga o'z hissangizni qo'sha olasiz.

 

– Agar sizda maxsus mutaxassislik bo‘lmasa ham, vaqtingizni ajratib, tashkiliy ishlarda, tadbirlarda yoki logistika sohasida yordam bera olasiz.

 

– Faoliyatlarimizning barqarorligini ta’minlash maqsadida ma’lum loyihalarga yoki umumiy vaqf xizmatlariga moddiy hissa qo‘sha olasiz.

 

Qo‘llab-quvvatlash uchun qilishingiz kerak bo‘lgan yagona ish – aynan qaysi sohada yordam bera olishingizni biz bilan bo‘lishishingizdir. Biz sizning yordamingizni eng to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirish uchun shu yerdamiz!