icon

Vazifa va Qarashimiz

img
Azon Vaqfi sifatida maqsadimiz:

– “Azon”ning taqozosi o‘laroq insonlarni ilohiy chaqiriqqa yo‘naltirib, birlik va birdamlik bilan solih jamiyatni qurishga hissa qo‘shish;

– Ushbu g‘oyaga xizmat yo‘lida barcha turdagi ommaviy axborot vositalari va texnologiyalardan foydalangan holda musulmon jamiyatlar ehtiyoj sezadigan sohalarda faoliyat yuritib, bu borada yuzaga kelgan kemtikni to‘ldirish;

– Qur’oni karim ta’limotlarini keng targ‘ib etish maqsadida kerakli ta’lim va tarbiya faoliyatlarini amalga shirish;

– Odob-axloqli, iymon-e’tiqodli, halol, samimiy va jiddiy nasllarni tishtirish; tinchlik, adolat, insof va halollikni dasturil amal qilib oladigan ana shu avlod yordamida sog‘lom tafakkurli jamiyatga asos solish;

– Turkiy xalqlar va Islom olamidagi boshqa millatlar orasida ijtimoiy, iqtisodiy aloqalarning mustakamlanishiga hissa qo‘shish, milliy shuurning shakllanishiga xizmat qilish; o‘zaro birlik, hamjihatlik va hamfikrlilikni oshirish, bu yo‘ldagi muammolarni hal qilish bilan bog‘liq strategik yechimlarni ishlab chiqish;

– Yordamga muhtoj odamlarning ehtiyojlarini qondiradigan, ulardagi ijtimoiy mas’uliyat, hamkorlik va hamjihatlik hissining o‘sishiga xizmat qiladigan faoliyatlarni yo‘lga qo‘yish;

– Ta’limning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan ehtiyojmand talabalarga o‘quv yordami va stipendiyalar ajratish orqali ularning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish; ta’lim muassasalari va kurslar ochish; talabalar uchun yotoqxonalar qurish;

– Vaqfimiz Turkiston xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, xalqlararo do‘stlik va birodarlik rishtalarini yanada kuchaytirish hamda ushbu musulmon xalqlarning mushtarak manfaatlari borasida xizmat qilishni o‘z maqsadlaridan deb biladi. Azon Vaqfi sifatida biz ta’lim, media, Islom fikri, tibbiyot, nashriyot va tijorat sohalarida katta maqsadlarni ko‘zlab yo‘lga chiqmoqdamiz.

VAZIFAMIZ

Insoniy haqlarga va atrofiga nisbatan hurmat bilan qaraydigan, jamiyatning milliy va ma’naviy qadriyarlariga ahamiyat ko’rsatadigan, yuksak xizmat axloqiga ega, o’sish va rivojlanishga doimo ochiq, milliy qadriyati yo’lida har qanday fidoyilikka tayyor, tarixiy va milliy maqsadiga ega, muvaffaqiyatli, fozil, millati uchun jonkuyar insonlarini tarbiyalash bilan birgalikda millatimiz va Islom hamda turk dunyosi o'rtasida ko'prik bo'lish.

QARASHIMIZ

Aytib o’tilgan maqsadlarga erishish yo’lida, o’z faoliyatimiz davomida o’z qadriyatlarimizga uyg’un bo’lgan insoniy ezgu manfaatlarning jalb qilinishida biz bilan hamfikr insonlarga nisbatan bag’rikeng muomalada bo’lish, insonlarni dinimizning tortishuvga o’rin bermagan asoslari atrofida to’plash, inson manfaatini birinchi o’rinda tutadigan dinimizga ko’ra jamiyatlarimizning birinchi darajali ehtiyojlarini doimo ahamiyat markazida tutish hamda bu ishlarni sho’rochilik va birodarlik ruhiyatida amalga oshirishdan iborat bo’lgan prinsiplarimizda bizning yondashuvimiz va qarashimiz o’z aksini topadi.