icon

Stipendiya va Grantlar

Stipendiya va Grantlar
Stipendiya va Grantlar

Vaqfimiz o‘z faoliyati davomida asosiy e’tiborni ta’limga qaratadi. Vaqfimiz ehtiyojmand talabalarning stipendiya asosida o‘qishlarini ta'minlaydi. Ularning ma'lum miqdordagi ta’lim xarajatlari vaqf tomonidan qoplanib, ular orasida o‘z iqtidorini namoyon etgan talabalarga katta imkoniyat tug'diruvchi yuksak stipendiyalar ajratiladi.

Bundan tashqari, kam ta’minlangan talabalarning o‘qishni davom ettira olishlari uchun o'qishlaridagi shartnoma pullarining bir qismi yoki hammasi to‘lab berilishi ko'zda tutiladi. Shuningdek, vaqfimiz bunday yoshlarimizning ilm olishi yo‘lida to‘g‘anoq bo‘layotgan moddiy muammolarni bartaraf etish orqali ularning tengdoshlari qatori ta’lim olishlariga imkon yaratishni ko'zlaydi.

Azon Vaqfi o'z tashabbusi bilan boshlatgan ushbu ta'lim stipendiyasi loyihalarida talabalarning har tomonlama qiyinchiliksiz ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lishlari uchun harakat qilib kelmoqda. Bu maqsadga muvofiq moddiy tomonlama yangi imkoniyatlar yaratuvchi loyiha va hamkorliklarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Kelgusida ham ta'lim loyihalarining ko'lamini kengaytirish va ta'limga erishishni osonlashtirish ushbu vaqfimizning birlamchi maqsadi bo'lib qoladi!