icon

Azon Global - Axborot-Tahliliy Portali

Azon Global - Axborot-Tahliliy Portali
Azon Global - Axborot-Tahliliy Portali

AzonGLOBAL Media 2017-yilda ommaga ochiq yangiliklar kanali sifatida tashkil etilgan. AzonGLOBAL Media tarkibida azon.global veb-sayti, “AzonGLOBAL” onlayn telekanali, AzonGLOBAL.FM radiosi hamda “Ildiz Kitob” nashriyoti faoliyat yuritadi. Hozirda bu media jamoasi YouTube platformasida bir million uch yuz mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan “AzonGLOBAL” hamda boshqa loyihalari orqali O‘zbekistonda va butun dunyodagi o‘zbek tilida so‘zlashuvchi auditoriya orasida katta rag'batga ega.

 

Shuningdek, 2024-yil 6-martdan boshlab rus tilida so‘zlashuvchi auditoriyaga mo‘ljallangan “AzonGLOBAL Rus” bo‘limimiz ham efirga uzatilmoqda. Jumladan, tez vaqtda turk tilida ham efir boshlashni rejalashtirmoqdamiz.

 

Ommaviy axborot vositasi sifatida AzonGLOBAL Media, milliy va diniy qadriyatlarni keng targ‘ib qiluvchi o'zbek axborot va mediachilari orasida o‘ziga xos o‘rin egallagan. O‘zbekiston xalqi “AzonGLOBAL”ni fuqarolarning milliy va diniy manfaatlarini himoya qiluvchi, turkiy davlatlar birligi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlovchi va mamlakatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi xolis axborot manbai sifatida tan oladi.

 

Bizning maqsadimiz: Turkiya-O‘zbekiston hamda barcha turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ishonchli axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, dezinformatsiyaga chek qo‘yish hamda internet foydalanuvchilariga sifatli, ishonchli va e’tiqodimizga mos uslubda yangiliklar yetkazishdir.

 

Bugungi kunda YouTube platformasida 1.330.000 dan ziyod obunachilarimiz mavjud. Platformamizga 1.850 dan ziyod video yuklangan bo‘lib, ushbu videolar umumiy hisobda 89.465.536 martadan ortiq tomosha qilingan. Ijtimoiy tarmoqlar va boshqa platformalar bo‘ylab jami 1.740.000 dan ziyod obunachi bizning yangilik va videolarimizni doimiy ravishda kuzatib boradi.

 

  • YouTube platformasida 1 330 000 dan ortiq obunachi
  • YouTube kanaliga yuklangan videolar soni: 1850 dan ortiq
  • Videolarning ko‘rilish soni: 89 465 536 marta
  • Ijtimoiy tarmoqlar va boshqa platformalar bo‘yicha umumiy 1 740 000 dan ortiq kuzatuvchi

Fikr qoldirish

Baholash:

Fikringiz muvaffaqiyatli yuborildi!
Fikr yuborishda xatolik yuz berdi