icon

Nashriyot

Nashriyot
Nashriyot

Barcha aloqalar qatori ilmiy rishtalarni ham mustahkamlashning zarurligi bor haqiqat. Markaziy Osiyo va Turkiya xalqlari tarix davomida ilm yo‘lida mustahkam aloqalar o‘rnatib kelgan. Ayniqsa, Mirzo Ulug‘bekning shogirdi bo’lmish buyuk astronom va matematik olim Ali Qushchi bobomiz Istanbulga kelib Ayasofiya madrasasida mudarrislik qilgani bu aloqalarning yorqin namunasidir. Anadolu yuragida tug‘ilib o‘sgan Qozizoda Rumiy hazratlarining Samarqandda dars berishi esa bu qadimiy munosabatlarning yana bir go‘zal timsolidir.

 

Ana shu an’analarni davom ettirish maqsadida turkiyalik olimlarning ilmiy merosini, turk shoir va yozuvchilarining bebaho adabiy asarlarini o‘zbek va boshqa qardosh tillarga tarjima qilish, ayni paytda O‘rta Osiyo allomalarining, shoir va yozuvchilarining kitoblarini turk tilida chop etish maqsadida “Nuqta nashriyotini tashkil etdik.Yangi tashkil etilgan nashriyotimiz, inshaalloh, ana shunday yorug‘ maqsadlarga xizmat qiladi.

Fikr qoldirish

Baholash:

Fikringiz muvaffaqiyatli yuborildi!
Fikr yuborishda xatolik yuz berdi