Vaqfimiz Turkistondan Turkiyaga kelib, bu yerda tahsil olayotgan talabalarning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlar bilan o‘tkazishlari uchun ham turli xil tadbirlar o'tkazadi. Turkiyaning tarixiy maskanlariga safarlar, Istanbulda istiqomat qilayotgan dunyoga mashhur ulamolar ziyorati, talabalarning sog'lom ong egasi bo'lishlarini ta'minlash maqsadida turli mavzularda seminarlar, ma’ruzalar, tog‘-yonbag‘irlarga, tabiat qo‘yniga sayohat va ekskursiyalar, turfa sport musobaqalari, pikniklar kabi unumli tadbirlar shular jumlasidandir.