icon

Talabalar Yotoqxonasi

Talabalar Yotoqxonasi
Talabalar Yotoqxonasi

Vaqfimiz, Turkiston mintaqasidan Turkiyaga tahsil olish uchun kelgan talabalarning turar-joy muammolarni bartaraf qilish maqsadida ularni yotoqxona bilan ta’minlash orqali ularga yordam ko‘rsatish uchun shart-sharoit yaratishni o'z maqsadlaridan biri deb biladi. Bundan ko‘zlangan maqsad talabalarimizning bir jamoa sifatida ilm olishlari va o‘zaro fikr almashishlari bo‘lib, bu xusus talabalar uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

Ushbu maskanning yuzlab talabalarga mo‘ljallangan bo‘lishi, unda istiqomat qilayotgan talabalar shinam xonalar bilan birga 3 mahal o‘zbek milliy taomlari bilan ham ta’minlanishi ko'zda tutiladi.

  • Xavfsiz va yetarli sharoitlarga ega yotoqxona
  • O‘qituvchilar va muvofiqlashtiruvchilar nazorati ostida
  • Kuniga uch mahal ovqat taqdim etadigan o‘zbek oshxonasi
  • Dars tayyorlash uchun ajratilgan o‘quv xonalari
quote
"Kim ilm qidirib bir yo'lga chiqsa, Alloh unga jannat yo'lini oson qilib qo'yadi."

- Termiziy, Ilm, 19.