icon

Islom Fikri Instituti

Islom Fikri Instituti
Islom Fikri Instituti

Islom Fikri Instituti – Islom madaniyati, tafakkuri, ilmiy va diniy merosini asos olgan holda zamonamizda dinimiz talab qiladigan dunyoqarash hamda to‘g‘ri ilmiy yondashuvni ta’sis etishni maqsad qilgan ilmiy-ma’rifiy tashkilotdir. Ushbu institutning maqsadlari, Islomning asosiy qadriyatlari va zamonaviy ilm-fan bilan hamohang ravishda, jamiyatning yangicha fikrlashiga, diniy bilimlarni zamonamiz tili bilan uyg‘unlashtirilishiga hissa qo‘shishdir. Islom Fikri Institutining asosiy maqsad va vazifalari:

 

1. Zamonani Islom tafakkuri bilan tanishtirish

Islom Fikri Instituti, Islom falsafasi va tafakkurining asosiy prinsiplarini zamonaviy muammolar va sharoitlar bilan uyg‘unlashtirishni o‘rganishi kerak. Bundan ko’zda tutilganlar:

Islomni zamonaviy ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy masalalar bilan izchilligini ta’minlash;

Musulmon jamiyatlarining zamonaviy dunyodagi o‘rni va rolini o’rganish;

Islom tafakkurining hozirgi ilmiy va falsafiy muammolarga yechimlarini taklif qilish.

 

2. Diniy ilmlarni rivojlantirish va ta’lim berish

Islom Fikri Instituti, Islom dini doirasida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishni, diniy ta’lim ko’lamini kengaytirishni va diniy ko’rsatmalarni keng jamoatchilikka taqdim etishni maqsad qilgan. Bu band quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Qur’on, hadis, fiqh, kalom, tasavvuf kabi islomiy ilmlarni ilmiy asosda o‘rgatish;

Islom ilmiy merosini o‘rganish va zamonaviy davrga tatbiq etish;

Musulmonlar orasida diniy bilimlarni tarqatish va ilmiy tadqiqotlar orqali yangiliklar yaratish.

 

3. Islomning axloqiy qadriyatlarini yoshlar o‘rtasida keng yoyish

Yoshlarni Islomning axloqiy qadriyatlari bilan tanishtirish va ularni bugungi jamiyatda bu qadriyatlar asosida yashashga rag‘batlantirish:

 

Islomning halol, adolatli va pok xulqli hayot tarzini yoshlar orasida targ‘ib qilish;

Yoshlarni ilm olishga, sabr-toqat va rahm-shafqatli bo‘lishga undash;

Yoshlarni islom jihodining asl ruhiga hamohang chiniqtirib borish.

 

4. Islomiy ijtimoiy adolat tamoyilini targ‘ib etish

Institut, Islom axloqi asosida jamiyatda yuzaga keladigan turli muammolarni hal qilishga oid maslahatlar va yechimlar taklif qilishi kerak. Masalan:

Ijtimoiy adolat va tenglikni ta’minlash;

Islomiy iqtisodiyot, oilaviy qadriyatlar va ekologik masalalar kabi sohalarda munosib maslahatlar berish.

 

5. Fikriy erkinlik va ilmiy mustaqillikni ta’minlash

Islom Fikri Instituti, Islomiy tafakkurning erkin rivojlanishini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar va fikriy faoliyatlarni erkin va mustaqil ravishda olib borilishini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Bu band quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Islomdagi ilmiy erkinlik, fikriy rivojlanish va har bir musulmonning o‘z fikrini erkin ravishda yetkazish huquqiga hurmat bilan qarash va qo’llab-quvvatlash;

Fikrlar va ilmiy g‘oyalarning erkin almashinuvi uchun zamin yaratish.

 

6. Musulmonlarning jahondagi o‘rni haqida tadqiqotlar o‘tkazish

Institut, Islomiy dunyoqarashni zamonaviy global muammolarda qanday qilib o’z aksini topishini o’rganadi;

Islomning xalqaro munosabatlar, global tinchlik va barqarorlikka qo‘shadigan hissasi haqida tadqiqotlar olib boradi;

Musulmonlar va boshqa xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun ilmiy va mashru’ yondashuvlarni taklif qiladi;

Musulmonlarning dunyoda o‘zining shonli maqomiga qaytarish yo‘llarini izlaydi;

Dunyodagi barcha xalqlar Islomiy adolatning soyasidan bahramand bo‘lishlarining yo‘llari va asoslari borasida keng tadqiqotlar olib boradi.

 

Xulosa

Islom Fikri Instituti zamonamizda Islomni to‘g‘ri tushunish, tarqatish va amalda qo‘llashni maqsad qilib, musulmon millatining diniy, imiy, falsafiy va ijtimoiy, umuman hayotning barcha jabhalarida o’zining muhim rolini egallashi uchun o’z hissasini qo’shishni maqsad qiladi. U Islom tafakkurini rivojlantirish, musulmonlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash va global miqyosda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun beminnat xizmat qiladi.