icon

Mezana Xalqaro Shar’iy Ilmlar Akademiyasi - Ayollar bo‘limi

Mezana Xalqaro Shar’iy Ilmlar Akademiyasi - Ayollar bo‘limi
Mezana Xalqaro Shar’iy Ilmlar Akademiyasi - Ayollar bo‘limi

Ayollar va qizlar jamiyatda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, oilaning farzand tarbiyasida alohida rolga egadirlar. Ilmli, keng dunyoqarashga va go‘zal axloqga ega ayol farzandlarini insoniyatga foydali shaxslar sifatida voyaga yetkazadi. Biz ishonamizki, jamiyatning yarmi ayollardan, qolgan yarmi esa ular tarbiya qilgan shaxslardan iborat.

 

Shu sababli Azon Vaqfi qoshida Ayollar Akademiyasi tashkil etilgan bo’lib, bu yerda ayollar va qizlarimiz ixtisosi bilan mashhur va o‘z sohasida yetuk bo’lgan ustozlardan diniy ilmlarni o‘rganishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

 

Shu bilan birga ilm olish imkoniyati va zavqidan kichik farzandli yosh onalar ham mahrum bo‘lmasliklari uchun madrasamiz qoshida bolalar bog‘chasi ham tashkil etilgan. Shu tariqa yosh onalar dars bilan mashg‘ul bo‘lgan paytda ularning farzandlari malakali bola tarbiyachilari nazoratida maroqli va foydali vaqt o’tkaza oladilar.

 

Hozirda ushbu ta’lim muassasasida 50 dan ortiq ayol va qiz talabalar ta’lim olishmoqda.

 

  • Besh yillik yuksak taʼlim akademiyasi
  • Xalqaro tajribaga asoslangan diniy taʼlim dasturi
  • Arab ustozlardan tashkil topgan o‘qituvchilar jamoasi
  • Farzandli ayol talabalarga yordamchi bo‘ladigan bolalar bog‘chasiga ega muhit
     
     
quote
"Ilm talab qilish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir"

- Ibn Moja, Muqaddima. 17.