“Ilm va hikmat musulmonning yo‘qotgan narsasidir. Uni qayerda topsa, oladi.” (Termiziy, Ilm-19)
Sivilizatsiyamizni dunyoda so‘z egasiga aylantiradigan va uni yanada yuksaltiradigan omil – bu tarbiyali, mehnatkash va doimo hikmat izidan borishni o‘ziga prinsip qilgan salohiyatli bir avlod hisoblanadi.
Shunday ekan, yurtimizning taraqqiyoti va kelajak tomon ishonch bilan qadam bosa olishimiz uchun eng ustuvor vazifamiz – milliy va ma’naviy qadriyatlarga sodiq avlodni voyaga yetkazishdir. Shu maqsadda vaqfimiz, tashkil etilgan kundan boshlab ta’lim sohasida yuzlab talabalarga ko'makchi bo'lishga harakat qilib kelmoqda.
Vaqfimizning mamlakatdagi ta’lim faoliyatlari yillar o‘tib o'z mevasini berib, sog'lom ongli, qalban pok, mas’uliyatli avlodlar yetishtirib chiqarishiga ishonchimiz komil.
Farzandlarimiz va yoshlarimizni ertangi kunga eng yaxshi ko'rinishda tayyorlay olishimizning yagona yo‘li – ularga sifatli ta’lim bera olish bo'ladi. Azon Markaziy Osiyo Xalqlari Vaqfi sifatida ta’limga qilingan har qanday sarmoya aslida kelajakka qilingan sarmoya ekanligini anglagan holda, bu yo‘nalishdagi ishlarimizga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz. Inson, vatan, ummat va din sevgisi bilan to‘la qalblarga ega avlodlarni tarbiyalash yo‘lida tinimsiz mehnat qilmoqdamiz.
Bu borada quyidagi yo‘nalishlarda o'z faoliyat olib borilmoqda:
Qur’on Ta’lim Markazlari Dasturi;
5 yillik Diniy Ilmlar Akademiyasi Dasturi;
Bakalavr va Magistratura Talabalarini Qo‘llab-quvvatlash Dasturi;
Yotoqxona Yordami Dasturi.
Siz ham ushbu yurtda olib borilayotgan ta’lim faoliyatlarimizga hissa qo‘shishingiz, talabarning ta’lim borasidagi ehtiyojlarini qondirishda ko'makchi bo'lishingiz mumkin!