Zakot Vaqti Keldi

icon
Zakot Vaqti Keldi
Zakot Vaqti Keldi

“Albatta, sadaqalar faqirlarga, miskinlarga, unda (sadaqa ishida) ishlovchilarga, qalblari ulfat qilinadiganlarga, qullarga, qarzdorlarga, Allohning yo‘liga va yo‘qsil yo‘lchiga Alloh tomonidan farz qilingandir. Va Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta hikmatlidir.” (Tavba surasi, 60-oyat)

 

Zakot - mol-mulkning ma’lum bir qismini musulmon ehtiyojmandlarga berishni anglatib, Islomning besh asosiy ruknidan biri sanaladi. Ushbu moliyaviy ibodat jamiyatdagi ijtimoiy adolat va barqarorlikni ta’minlash, Alloh taoloning boylar zimmasidagi haqqini olib, kambag'allarga berish kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.

 

Zakot - Ijtimoiy Hamkorlik Tizimi

“Zakot” so‘zining ma’nolaridan biri — poklanish demakdir. Zakot berish orqali kishining moli poklanadi, baraka kiradi va ko‘payadi.


Moliyaviy jihatdan qiynalayotgan qatlamlarni zakot bilan qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi muhtojlarning yuzini kuldirish boylarning zimmasidagi vazifa hisoblanadi.

 

Zakotni Kechiktirmasdan Berish Lozim

Zakot berish vaqti kelganida uni kechiktirmasdan ado etish katta ahamiyat kasb etadi. Yillik zakot majburiyati bo‘lgan mol-mulklardan (masalan: naqd pul, tijorat mollari, oltin-kumush) bir hijriy yil o‘tgach zakot beriladi. Daromadga asoslangan zakotlar esa, daromad olingach berilishi kerak bo'ladi.

 

Zakotingiz Qayerlarga Sarflanadi?

Bugungi kunda ummatimiz turli inqiroz, urush, tabiiy ofatlar va iqtisodiy tangliklar ichida. Shu bois, ko'ngilli ko'makchilik asosida Azon Markaziy Osiyo Xalqlari Vaqfi sizdan tushgan zakotlarni quyidagicha yo‘naltirmoqda:

– Ta’lim loyihalariga (yoshlar va talabalar uchun)
– Yordam kartalariga (ehtiyojmand oilalarga)
– Bayram hadyalariga (bolajonlar va oilalar uchun)
– Tibbiy yordamlarga
– Favqullodda jabrlangan hududlardagi yordamlarga (urush, yong‘in, sel, zilzila)
– Yetimlarni rag'batlantirishga.

 

Siz ham zakotingizni o‘z egalariga, haqqi bo‘lgan musulmonlarga ishonchli yo'l bilan yetkazishni istasangiz, bizga murojaat qilishingiz mumkin!