Vakolat Asosida Qurbonlik

icon
Vakolat Asosida Qurbonlik
Vakolat Asosida Qurbonlik

“Ularning go‘shtlari ham, qonlari ham zinhor Allohga yetmas. Lekin Unga sizdan taqvo yetadir. Shunday qilib, sizni hidoyat qilgani evaziga Allohga takbir aytishingiz uchun ularni sizga beminnat xizmatkor qilib qo‘ydi. Yaxshilik qiluvchilarga bashorat ber.” (Haj surasi, 37-oyat)

Allohga yaqinlashishga vosita bo‘lgan narsa ma’nosini anglatadigan "qurbonlik", diniy burch bo‘lishi bilan birga o‘zida ko‘plab go‘zallik va ma’nolarni jamlagani uchun ham muhim sanaladi. Har bir hayitda ushbu ibodatni ado etayotgan xalqimiz orasida bu borada yordam bera oladigan, vakolatni zimmasiga ola biladigan va muhtojlarga yetkazilishini ta’minlay oladigan kishilarga ehtiyoj tug‘iladi.

Shu sababli, so‘yiladigan qurbonni ehtiyojmandlarga yetkazishni istagan fuqarolarimizga yordam berish, ushbu ibodatni diniy hukmlar asosida va maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Azon Markaziy Osiyo Xalqlari Vaqfi tomonidan vakolat asosida qurbon so‘yish loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.

Siz topshirgan vakolat asosida qurbonlaringizni Turkiyada hamda O‘zbekistonda ham Islomiy talablarga muvofiq holda so‘yib, ularni ehtiyojmandlarga yetkazamiz.

Qurbonligingizning qayerda so‘yilishi vaqf tomonidan oldindan tuziladigan reja asosida belgilanadi. Bunga ko‘ra, vaqf joylashgan viloyatdagi sharoit, bu hududdagi hayvon turlari va ehtiyojga qarab qo'y yoki mol so'yishga qaror beiladi. Shu sababli ham ehson paytida viloyat yoki hayvon turini tanlash imkoni mavjud emasligini ma'lum qilamiz.

Fikr-mulohaza qoldirish

Xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi! Fikr-mulohazangiz uchun raxmat.
Xabar yuborishda xatolik yuz berdi. Iltimos, qayta urinib ko'ring.