Vaqfimizda taniqli ustozlar tomonidan Islomiy ilmlar bo'yicha tahsil olayotgan ko‘plab talabalar, ustoz va jamoat faollari Shayx Safvon Dovudiy hazratlarining ishtirokidagi "Al-Muvatto" darslaridan samarali foydalanmoqdalar.
Shayx Safvon Dovudiy – Imom Muhammad rivoyati bilan “Al-Muvatto” asarini tahqiq qilgan, 7 xil silsila orqali Payg‘ambarimizga ﷺ borib bog'lanadigan sanad egasi, shuningdek, ko‘plab ilmlarda yetuk ixtisos egasi bo'lmish zamonamizning eng nufuzli olimlaridan biri sanaladilar.


U kishi Azon Vaqfi markazida o‘tkazilayotgan bir necha kunlik dars majlislari davomida Imom Muhammad rivoyatiga binoan Imom Molikning “Al-Muvatto" kitobi asosida qatnashayotgan ustoz va talabalarga ilmiy ijoza berib, ularga bu ilmda muhim bosqichni xatlab o'tishlarida bosh bo'lmoqdalar.
Shuningdek, ko‘plab ishtirokchi talaba, ustoz va jamiyat faollari tomonidan bildirilayotgan mamnuniyat ushbu halqadan olinayotgan foydaning yanada ortishiga sabab bo‘lmoqda!