Azon Vaqfi'da “Al-Muvattoʼ” ijozasi marosimi

icon
Azon Vaqfi'da “Al-Muvattoʼ” ijozasi marosimi
Azon Vaqfi'da “Al-Muvattoʼ” ijozasi marosimi

Vaqf markazimizda Istanbul'ning ko‘plab universitetlari va ta’lim muassasalarida dars berib kelayotgan ustozlarimiz, jamiyat faollari hamda ilm tahsil qilayotgan talaba vatandoshlarimiz Hanafiy mazhabi imomi – Imom Muhammad rivoyati asosida tahqiq qilingan “Al-Muvattoʼ” asarini Shayx Safvon Dovudiy hazratlarining boshchiligida muvaffaqiyatli yakunladilar.

Butun umrini Islomiy ilmlar ta'limi va asarlar tahqiqi uchun bag‘ishlagan Shayx Safvon Dovudiy o‘zlari tahqiq etgan Imom Muhammadning “Al-Muvattoʼ” rivoyati asosida ushbu asarni o‘qishda qatnashgan barcha ilm ahliga rivoyat va diroyat jihatidan Payg‘ambarimizgacha ﷺ borib bog'lanadigan oliy sanad ijozasi bilan taqdirladilar.

Bunday ulug‘ ilmiy merosdan bahramand bo‘lgan barcha ishtirokchilar marosim chog‘ida ustozni vaqf markazida e’zoz bilan kutib olib, o‘zlarining samimiy minnatdorliklarini izhor etdilar. Shayx Safvon Dovudiy muassasamiz, ustozlarimiz, talabalarimiz hamda ushbu xayrli ishga hissa qo‘shgan jamiyat yetakchilari haqiga duolar qilib, ular bilan o‘z quvonchlarini baham ko‘rdilar.