Mahalliy va xorijdagi turkiy davlatlar fuqarolari bo‘lgan ustoz, talaba hamda yetakchi shaxslar ishtirokida Azon Vaqfida o‘tkazilgan Ramazon uchrashuvi va iftor dasturidagi samimiy xotiralar faoliyatimizning ma’naviy qadri va qimmatini yana bir bor bizga eslatdi.
Uchrashuvga tashrif buyurib bizni xursand qilgan turk, arab, o‘zbek va boshqa ko‘plab xalqlarga mansub birodarlarimiz bilan orttirgan yangi xotiralarimiz kelgusi uchrashuvlar, tashkillashtiriladigan muhitlar hamda amalga oshiriladigan loyihalarning yanada kengroq va foydaliroq bo‘lishiga xizmat qiladi, deb Allohdan umid qilamiz.
Birodarlarimiz va ustozlarimizni mehmon qilish bir tomondan faoliyatimizning qadr-qimmatini yanada oshirgan bo‘lsa, boshqa tomondan vaqf markazimizdagi imkoniyatlardan asosan universitetga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida foydalanayotgan talabalarimizga ham quvonch va ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Barchangizga muborak Ramazon oyining so‘nggi kunlarini eng go‘zal va barakali ishlarga sabab bo‘ladigan tarzda o‘tkazishingizni tilab qolamiz!