Vaqf rahbaridan: Azon Vaqfi tarkibidagi Mezana Akademiyasi haqida

icon
Vaqf rahbaridan: Azon Vaqfi tarkibidagi Mezana Akademiyasi haqida
Vaqf rahbaridan: Azon Vaqfi tarkibidagi Mezana Akademiyasi haqida

2021-yil Istanbulda "Mezana Xalqaro Ilmlar Akademiyasi"ni tashkil etdik. Bundan maqsad diniy taʼlim sohasidagi bo‘shliqni to‘ldirish, yurtimiz musulmonlarining aqida va fiqhiga uyg‘un dastur asosida, dinini teran anglaydigan va unga xolis xizmat qiladigan faol ilm ahlini yetishtirish. Buning uchun Misrdagi al-Azhar va hind Devbandi uslublarini qorishtirgan holda besh yillik o‘quv dasturi ishlab chiqdik. Bu dastur ko‘plab dunyoga mashhur olimlar ishtirokida sayqallandi.

 

Akademiya haqida jaydaricha tushuncha bersam:

U Istanbul shahrida joylashgan besh yillik oliy o‘quv dargohi bo‘lib, shariat ilmlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Darslar arab tilida bo‘lib, taʼlimni fan doktorlari bo‘lgan arab tilli professor-o‘qituvchilar olib boradi.

Bitirgach, maxsus diplom beriladi va Akademiya qoshidagi Fatvo va hadis ilmlari magistraturasida o‘qishni davom ettirish imkoniga ega bo‘linadi.

Ha aytgancha, Akademiyada arab tilini o‘rganib, asosiy kurslardagi o‘quv dasturini o‘zlashtirishga yordam beradigan ikki yillik maxsus "Mezana madrasasi" faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu madrasa darslarini yetuk va malakali ustozlar o‘zbek tilida olib borishadi.

Akademiya darslari bepul. Uch mahal issiq ovqat beriladigan pulli yotoqxona mavjud.

Shuningdek boshlang‘ich islomiy bilimlar uchun uch oylik kurslar (Turkiyada ro‘yxatdan o‘tmay uch oygacha qonuniy yashash mumkin), hamda arab tilini biluvchilar uchun "Islom iqtisodi va moliyasi", "Fatvo asoslari", hamda moʻtabar islomiy kitoblardan ijoza kurslari ham tashkil etilmoqda.

Mezana'ning to‘rt yillik ayollar bo‘limi ham mavjud. Farzandli ayollar uchun bolalar bog‘chasi faoliyat yuritmoqda.

Darslar Ahli sunna val jamoa eʼtiqodi, hanafiylik mazhabi va naqshbandiyya tariqati bo‘yicha o‘tiladi.

Mezana muassisi men – Mubashshir Ahmad va mudiri – Omir Muhammad Xalifa bo‘ladi.

O‘zim "Mezana" muassisi bo‘lish bilan birga tasavvuf va fiqhiy qoidalar fanlaridan dars beraman.

=====

*Mezana - azon chaqiradigan joy, degani.

 

Mubashshir Ahmad - Azon Markaziy Osiyo Xalqlari Vaqfi Vasiylik kengashi raisi.