Mezana Xalqaro Shar'iy Ilmlar Akademiyasida yangi ixtisos bo'limi

icon
Mezana Xalqaro Shar'iy Ilmlar Akademiyasida yangi ixtisos bo'limi
Mezana Xalqaro Shar'iy Ilmlar Akademiyasida yangi ixtisos bo'limi

Bugun Mezana Xalqaro Shar'iy Ilmlar Akademiyasida ta’lim dasturini yanada takomillashtirish va soha uchun yangi mutaxassislar yetishtirish maqsadida ikki yillik ixtisos yo‘nalishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

 

Uchrashuvda Shayx Ayman Jammol, Shayx Muhammad Foiz Avaz, Dr. Omir Muhammad Xalifa, Shayx Ahmad al-Ahmad, Shayx Ahmad Fozil hamda boshqa ustozlar ishtirok etib, mazkur yangi loyiha yuzasidan o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

Mezana Xalqaro Shar'iy Ilmlar Akademiyasi ushbu yangi ixtisos loyihasini amalga oshirish yo‘lida harakatini davom ettirmoqda. Tez orada bu yo‘nalishdagi yangiliklar va amalga oshirilayotgan loyihalarni siz azizlar bilan bo‘lishishdan mamnun bo‘lamiz!