Mezana Xalqaro Shar'iy Ilmlar Akademiyasi Shayx Usoma Rifoiy ziyoratida

icon
Mezana Xalqaro Shar'iy Ilmlar Akademiyasi Shayx Usoma Rifoiy ziyoratida
Mezana Xalqaro Shar'iy Ilmlar Akademiyasi Shayx Usoma Rifoiy ziyoratida

Kecha Mezana Xalqaro Shar'iy Ilmlar Akademiyasining ustoz va talabalari Suriya Arab Jumhuriyati muftiysi, Suriya Islomiy Majlisi raisi va Shom Ulamolari Robitasi rahbari Usoma Abdulkarim Rifoʼiy ziyoratlarida bo‘lishdi. Shayx Rifoʼiy hazratlari ziyoratchilarga duo va nasihatlar qildilar.

 

Shayx Usoma Rifoʼiy Ahli Sunnaning shofeʼiy mazhab faqihlaridan bo‘lib, marhum shayx Abdulkarim Rifoʼiyning farzandi bo‘ladilar. Bu zot o‘zlarining moʻtadil manhaj va moʻtabar fatvolari bilan Islom olamida nom qozonganlar.

 

Shayx Rifoiy hazratlarining duo va samimiy nasihatlaridan bahramand bo'lgan mehmon ustoz va talabalar, shubhasiz, zamonamizning yetuk namunasini ziyorat qilishdan bag'oyat xursand bo'ldilar.