Erishish oson bo'lgan tibbiy xizmat sari
Sogʻliq – hayotning asosi sanaladi. Biroq, koʻplab insonlar ehtiyoj sezilgan sogʻliq xizmatlariga erishishda qiyinchilikka duch kelishmoqda. Aynan shu sababli vaqfimiz insonlarga foyda keltiradigan, davomiy faoliyatga ega va hamyonbop sogʻliq muassasalarini tashkil etishni maqsad qilgan. Maqsadimiz – har bir inson oʻz haqi boʻlgan tibbiy xizmatni qo'lga kiritishini taʼminlash va shu orqali ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashdir.
Bu loyihamiz faqatgina tibbiy muassasa ochish bilangina cheklanmay, balki insonlar jismoniy va ruhiy tomondan qoʻllab-quvvatlanadigan bir yaxshilik ekotizimini yaratishni koʻzlaydi. Xoʻsh, bu katta maqsadga qanday qilib erishamiz?
Har bir inson o'z imkoniyatidan kelib chiqib, albatta, hissa qo'shish imkoniyatiga ega. Jumladan siz ham ushbu loyihaga moddiy hamda maʼnaviy jihatdan hissa qoʻshishingiz mumkin:
Moddiy yordam: Qilingan har qanday xayriya, koʻmak yoki hamkorlik tibbiyot markazini barpo etish, zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlash va malakali tibbiy xodimlarni jalb etishga sarflanadi. Kichikmi, kattami – har bir hissa bir insonning sogʻayishiga umid bo'la olishi mumkin.
Maʼnaviy yordam: Sogʻliq faqat dorilar bilan emas, balki ruhiy dalda va muhabbat bilan ham mustahkamlanadi. Siz koʻngilli sifatida loyihada ishtirok etishingiz, bemorlar va ularning yaqinlariga dalda berishingiz, oʻz bilim va tajribangiz bilan yordam koʻrsatishingiz ham mumkin.
Gʻoya va ulashish: Ulashish – eng kuchli xayriyalardan biridir. Loyihamiz haqida boshqalarga yetkazib, koʻproq insonlarni bunday loyihalardan xabardor qilishimizga yordam berishingiz va yangi gʻoyalar bilan uni yanada rivojlantirishga hissa qoʻshishingiz mumkin.
Bu loyihada barchamizning oʻz rolimiz bor. Shunday ekan, yana-da hamyonbop va sogʻlom kelajak uchun harakatimiz davom etadi!