Azon Markaziy Osiyo Xalqlari Vaqfi sifatida yoʻlga chiqishdagi maqsadimiz – muhtojlarning yonida boʻlish, ehson va saxovat ruhini jonlantirish hamda jamiyatning har bir qatlamini yaxshilik orqali birlashtirishdir. Jamgʻarmamiz, ayniqsa Markaziy Osiyo xalqlarining diniy, ijtimoiy va insoniy ehtiyojlarini inobatga olib, koʻngillilik asosida va shaffof tarzda ijtimoiy yordam faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqda.
Oziq-ovqat yordamlarimiz:
– Muhtoj oilalarga har oy birlamchi ehtiyoj bo'lmish oziq-ovqat to‘plamlarini yetkazish;
– Ramazon oyida iftor dasturxonlari tashkil etish;
– Qurbon hayitida esa vakolatli qurbonliklar orqali goʻshtni dasturxonlarga yetkazish;
Yashash va uy-roʻzgʻor yordami:
– Ijarani to‘lashda qiynalayotgan oilalarga koʻmak berish;
– Ularning asosiy ehtiyojlarini bartaraf etish;
Sog'liq bilan bog'liq yordamlarimiz:
– Tibbiy koʻrik va davolanish xarajatlarini qoplay olmaydigan vatandoshlarimizga ko'makchi bo'lish;
– Sogʻliq muassasalari bilan hamkorlikda dori-darmon va tibbiy jihozlar bilan ta'minlash;
Taʼlim stipendiyasi va boshqa qo'llovlar:
– Moliyaviy qiyinchiliklar sababli oʻqishni davom ettira olmayotgan talabalarni stipendiya bilan taʼminlab, ularning taʼlim olishlarini ta'minlash;
– Ular uchun har tomonlama imkoniyatlar yaratib, o'qishlarini davom ettirishlariga ko'makchi bo'lish;
Favqullodda holatlarda berildigan yordamlar:
– Zilzila, yongʻin, suv toshqini kabi tabiiy ofatlar yuz bergan hududlarda tezkor yordam guruhlarimiz bilan musibat yetgan joylarga yetib borib, oziq-ovqat, kiyim-kechak, vaqtincha boshpanalar bilan taʼminlash.
Bu xizmatlar loyihamizning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, koʻp jihatlari allaqachon amalga oshirilgan.
Ushbu vaqfni tuzishdan va sizni xayrli ishlar bilan uchrashtirishdan maqsadimiz ham – sizning nomingizdan yuqorida zikr etilgan savob ishlarning amalga oshishiga sababchi boʻlishdir!