Mezana Xalqaro Islomiy Ilmlar Akademiyasi tajribali mutaxassislar boshchiligida jamiyatga foydali, yetuk shaxslarni yetishtirish yo‘lida odim otmoqda. Endi esa bu yo‘lda yanada muhim va samarali bosqichga qadam qo‘yib, barcha zarur sharoitlarga ega bo‘lgan yangi akademiya binosini bunyod etmoqdamiz.
Yangi bino – keng sinflar, kutubxona, mutolaa xonalari, shuningdek, talabalarning ilmiy karyeralariga xizmat qiluvchi ijtimoiy-madaniy o'quvmaydonlariga ega bo'ladi. Bu esa talabalarga nafaqat nazariy bilimlarni tahsil qilish, balki zamon talablariga mos va qulay muhitda progmatik ta’lim olish imkoniyatini yaratadi.
Ta'kidlash joizki, mazkur sarmoya oddiy binodan iborat emas – bu kelajak ulamolari voyaga yetadigan ilm dargohidir. Bu joy turli davlatlardan kelgan talabalarni bir joyga jamlab, birodarlik va ilmiy ruhiyatga ega bo'lgan muhitda ta’lim olishlariga imkon yaratadi. Shu bilan birga bu markaz olimlar, akademiklar va ko‘ngilli mutaxassislar ishtiroki bilan boyitilib boradi.
Ushbu muborak loyihaga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan har bir kishining yordami juda qadrli. Siz moliyaviy ko‘mak, duo, ko‘ngillilik faoliyatlari yoki ilmiy hissangiz orqali bu bino qurilishida ishtirok etishingiz, kelajak avlodni shakllantirish yo‘lida o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin. Unutmaylik – bir ilm dargohining poydevoriga qo‘yilgan har bir g‘isht, insoniyatga xizmat qiluvchi bir tamaddunning tamali hisoblanadi!
Fikr-mulohaza qoldirish