Mezana Madrasasiga qabul boshlandi

icon
Mezana Madrasasiga qabul boshlandi
Mezana Madrasasiga qabul boshlandi

Akademiyada o‘qish istagida bo'lgan, lekin arab tilini bilmaydigan erkak talabalar uchun maxsus ikki yillik Mezana Madrasasi tashkil etildi. Mezana Madrasasida talabalar ikki yil davomida 6 bosqichda arab tilini o‘qish, gapirish, sarf, nahv, aqida, fiqh, siyrat, Qur’on ilmlaridan darslar olishadi.

 

Madrasada ta'lim Ahli-sunna val-jamoa aqidasiga, Hanafiy mazhabiga va Naqshbandiyya tariqatiga muvofiq holda amalga oshiriladi. Mezana Madrasasi kursiga ro‘yxatdan o‘tish 24-iyuldan 25-avgustgacha davom etadi. Darslar 15-sentabrda Mezana akademiyasining yangi binosida boshlanadi.

 

Madrasa faoliyati va kelgusidagi yangiliklardan biz sizlarni xabardor qilib boramiz!

 

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:

  • 📞 +90 507 763 13 13

    📞 +90 506 544 37 79

Telegram manzili: @mezanauz